CRM tizimi bir umr sizda qoladi — har oy obuna to'lovisiz. Batafsil — videoni ko'rib chiqing.
Kod, baza va hosting — sizning hisoblaringizda

Raqamni bosing — o'sha joy yaqinlashadi
Mas'ul shaxslarga avto xabar. Pul masalasida shubha qolmaydi.
Har oyning 1-sanasida guruhlarga avto xabar boradi.
Direktor va guruhga kechikkanlar ro'yxati boradi.
Davomat olinmaganlik haqida o'qituvchiga eslatma boradi.
Davomat olinishi bilan guruhga avto xabar yuboriladi.
Avto eslatmalar boradi va siz bilib turasiz.
Tabrik, e'lon, dars ko'chishi haqida tezkor xabar yuborish.
Hech narsa bizda qolmaydi — kalitlar ham, ma'lumot ham sizda.
To'lovni to'xtatsangiz kirish yopiladi.
Kerakli funksiya ularning rejasida bo'lmasa — kutasiz.
Moliyangiz siz boshqarmaydigan joyda saqlanadi.
Bir yillik falon CRM uchun qilinadigan xarajatingizning qariyb yarmiga markazingiz uchun CRM yasab, to'liq sizga topshiramiz.
Ha. Temuriy CRM asosida markazingiz uchun alohida tizim o'rnatib beramiz: sizning nomingiz, logongiz va hisoblaringizda, ma'lumotingiz boshqa markazlar bilan aralashmaydi. Qo'shimcha funksiya kerak bo'lsa, uni ham qo'shib beramiz.
Ha, albatta. Tizim to'liq siz istagan ko'rinishda bo'ladi.
7 kun ichida CRM tizimini to'liq yasab, sizga ishlatishga topshiramiz.
7 kun. Muddat tugagach kirish yopiladi. Ma'lumot 30 kun saqlanadi: shu vaqtda direktor faylni yuklab oladi yoki sotib olib shu joydan davom etadi. Keyin o'chiriladi.
Bizga — yo'q. Tizim sizning hisoblaringizda ishlaydi va boshida bepul. Markaz kattalashganda hosting uchun oyiga taxminan $45 to'lanadi (Vercel ~$20, Supabase ~$25): bu pul bizga emas, to'g'ridan-to'g'ri o'sha xizmatlarga ketadi. Vaqti kelganda oldindan aytamiz.
Ha, istalgan funksiyani CRM tizimingizga qo'shib beramiz.
Ha, filiallar qo'shimcha funksiya sifatida ulanadi. Har filial alohida markaz sifatida ochiladi: o'z o'quvchisi, moliyasi va maoshi bilan, bir-biridan to'liq ajratilgan holda. Har filialga alohida kirish (email) bo'ladi, umumiy hisobot hozircha yo'q. Ulash uchun bizga Telegram'da yozing.
Ha. O'quvchilar ro'yxatini Excel fayldan yuklaysiz. Fayl ustunlarini tizim o'zi taniydi, xatolarni esa yuklashdan oldin ko'rsatadi.
Uch rol bor. Direktor hammasini, menejer o'quvchi va to'lovni, o'qituvchi esa faqat o'z guruhini ko'radi va faqat davomat oladi. Maosh va moliya o'qituvchiga yopiq.
Ha. Har bir ekran telefon uchun alohida tuzilgan — davomat ham, to'lov qabul qilish ham telefondan bemalol qilinadi.
Bir daqiqada o'z tizimingiz ochiladi. Ishlatish bo'yicha to'liq yo'riqnoma CRM ichida joylashgan.